13:00 Shohruhxon: Oilam tinch, ko‘nglim xotirjam | |
Xonanda Shohruxxon “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida 2016-yil yakunlari va 2017-yildan umidlari haqida aytib o‘tdi. Intervyu “Darakchi.uz”da e’lon qilindi. 2016 yil haqida Umr “sahifa”larimni varaqlaganda, alohida yodda qoladigan yil bo‘ldi. Konsert dasturim muvaffaqiyatli o‘tdi, oila qurdim, har bir kunim xursandchiliklarga boy bo‘ldi. Shohruxxon, xonanda 2017-yil umidlari Shu vaqtgacha o‘ylagan rejalarimga ortig‘i bilan erishdim. Oilam tinch, ko‘nglim xotirjam, ijodda o‘zimni topa oldim. Lekin hozirgidan ko‘proq ishlamoqchiman. Avvallari bir yilda zo‘rg‘a bitta qo‘shiq yozardim. Hozir ilhom parilari shu qadar tinchlik bermayotganidan, bir oyda to‘rtta — “Yoningdaman”, “Parizod”, “Malikam”, “O‘zbekiston” qo‘shiqlarini yozdim. Hammasi o‘zimga shu qadar yoqyaptiki, qaysi birini muxlislarga taqdim etishni bilolmay, hayronman. Shohruxxon, xonanda
Manba: "daryo.uz"
| |
|