16:36 Sirdaryoda “TikTokchilar” 4 sutkaga qamaldi (FOTO) | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahri markazidagi chorrahalarning birida 2 nafar yigit mashinalar harakatiga xalaqit berib, raqsga tushgani aks etgan video tarqalgandi. Ushbu shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan. Sirdaryo viloyati IIBning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Xovos tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi D.E. va Sirdaryo tumani, Zarshunoslik mahallasida yashovchi A.I.lar keyinchalik TikTok sahifasiga joylash maqsadida Guliston markazidagi chorrahalardan birida mashinalar harakatiga xalaqit berib, raqsga tushishgan va ularning bu harakatlarini Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasida yashovchi SH.A. tasvirga olib turgan. Sodir etilgan huquqbuzarlik harakatlari bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB HPB xodimlari tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi hamda 183-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Guliston shahar ma’muriy sudiga yuborilgan. Foto: IIB axborot xizmati Sud qarorga asosan “raqqos”larga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida jarima hamda 4 (to‘rt) sutkadan ma’muriy qamoq, SH.A.ga esa eng kam ish haqining 5 (besh) barobari miqdorida jarima hamda 3 (uch) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|