16:59 Sitora Alimjonova turmushga chiqmoqda | |
Aktrisa Sitora Alimjonova shaxsiy hayotiga oid muhim sirni oshkor qildi. Sitora “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoni borligini va unga turmushga chiqayotganini ma’lum qildi: “Yigitim bilan 2012 yilda tanishganmiz. Yaqinda to‘y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to‘y qilayotganimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘sha paytda men yosh edim, kar’era qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana endi mening orzuimdagi to‘y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im 27 yoshda, u tadbirkor” “Yigitim bilan arazlashib qolgan paytimda “Shok.uz” saytining “To‘y” loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa so‘zlarini davom ettirib. Sitora Alimjonova shuningdek, to‘yi shu yilning 8 avgustida Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tishini va unda kelin-kuyovning qarindoshlari, yaqinlari va do‘stlari ishtirok etishini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, Sitora xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning “Sog‘inib” klipidagi obrazi orqali elga tanilgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|