16:59 Sitora Alimjonova: “Alisher Uzoqov - men uchun yo‘q inson” | |
Aktrisa Sitora Alimjonova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida shaxsiy hayoti va ijodiy faoliyatiga oid ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi. Xususan, intervyu boshlovchisi Alisher Uzoqov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Sitora Alimjonovaning asli kasbi aktrisalik emasligiga shama qilib yozilgan izohini o‘qib berar ekan, Sitora hamkasbining mazkur e’tiroziga nisbatan quyidagicha munosabat bildirdi: “Odam o‘zi qanaqa bo‘lsa, boshqalar haqida ham shunaqa gaplarni gapiradi. Agar hamma o‘z mutaxasisligi bo‘yicha ishlashni talab qilayotgan ekanlar, mayli o‘zlari ham faqat haqiqiy rejissyorlarni filmlarida rol ijro etsin. O‘zlari aktyor bo‘lsalar, nima qiladilar kino suratga olib? Men u bilan shaxsan tanish emasman, o‘rtamizda hech qanday nizo bo‘lmagan, salom-aligim ham yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda, Alisher Uzoqov men uchun yo‘q inson! U haqda hech qachon yaxshi ham, yomon ham gap gapirmaganman”. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sitora 8 avgust kuni turmushga chiqayotgani va to‘y Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tishini aytib o‘tgandi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|