13:25 Smartfonni to‘g‘ri quvvatlantirishni o‘rganamiz | |
Batareya to‘liq o‘chganidan so‘nggina uni quvvatlantirish akkumulyator uchun zararli Telefonni qanday quvvatlantirish kerak? Batareya quvvati uzoq saqlanishi uchun bu amalni qanday bajarish lozim? Mana shu kabi savollar deyarli barcha smartfon foydalanuvchilarini o‘ylantiradi. Axir, smartfondan uzoq vaqt foydalanish uchun uning batareya quvvati kuchli bo‘lishi kerak. Cadex akkumulyatorlarining yaratgan Battery University kompaniyasining saytida akkumulyatorlarni to‘g‘ri quvvatlantirish bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar paydo bo‘ldi Maqolani o‘qib chiqib, akkumulyatorlarni to‘g‘ri quvvatlantirish yuzasidan shu paytgacha biz amal qilgan qoidalarning to‘g‘ri yoki noo‘rin ekanligini bilib olishingiz mumkin. Ba’zilar batareya to‘liq o‘chganidan so‘nggina uni quvvatlantirish mumkin deb hisoblaydi. Aslida esa bunday yo‘l tutish akkumulyatorga o‘ta zararli. Mazkur qoida 15 yil avval ya’ni portativ elektronikaga nikel akkumulyatorlar qo‘yilgan paytda dolzarb edi. Hozir esa ularni litiy-ionli batareyalarga almashtirishdi, ular esa butunlay boshqa xususiyatlarga ega. 1. Batareyani tonggacha elektrga ulangan holda qoldirish mumkinmi? Biz ko‘pincha telefonimizni uxlashdan avval quvvatlantirishga qo‘yamiz va uni tongga qvadar qoldiramiz. Bu noto‘g‘ri. Bunday hollardar telefon batareyasi uch soatda quvvatlanib bo‘ladi. Qolgan soatlarda esa quvvatlantiruvchi moslama smartfonning quvvatini 100 foiz saqlab qolish uchun uni yana quvvatlantirishda davom etadi. Bu esa batareyada “stress” holatini keltirib chiqaradi va uning maksimal quvvatini pasaytiradi. Muntazam bu amalni davom ettiiraversangiz smartfon tezda quvvat oladigan bo‘lib qoladi. “Batareya quvvatlanib bo‘lganidan so‘ng uni edektrdan uzing. Buni mashg‘ulotlardan so‘ng dam olishni istaydigan mushaklar bilan taqqoslash mumkin. Dam olish esa mushaklar og‘rimasligi uchun zarur”,— deydi mutaxasislar. 2. 100 foiz quvvatning ortidan quvmang. Litiy-ionli batareyalarni 100 foiz quvvatlantirish shart emas. “Litiy-ionli batareyalarni to‘laligicha quvvatlantirish shart emas. bunga zarurat yo‘q. Yaxshisi, akumulyatorni ortiqcha bosimdan hitmoya qilish uchun uni to‘laligicha quvvatlantirmaslik kerak”,—deb ta’kidlaydi mutaxasislar. 3. Imkon qadar tez-tez quvvatlantiring. Shunday qilib, smartfon batareyasi sizga uzoq muddat xizmat qilishi va tezda charchab qolmasldigi uchun uni kun davomida bir necha marta quvvatlantiring. Bu ishni avtomobilda ketayotganda yoki ofisda ham qilish mumkin. Masalan, har safar to‘laligicha quvvati tugaganidan so‘ng 100 foizgacha quvvat olib, litiy-ionli batareya quvvatning atigi 500 siklini ushlab tura oladi. Muntazam raivshda quvvatlantiriladigan smartfon esa batareya quvvatini 1500 siklgacha ushlab tura oladi. Mutaxasislarning ta’kidlashlaricha, batareya hayotini maksimal darajada saqlab turish uchun uni muntazam ravishda 40-80 foiz quvvatda ushlab turish kerak. Agar siz smartfondan ma’lum muddat foydalanmasangiz, uni 50 foizgacha quvvatlantirsangiz, bas. 4. Havo haroratini nazorat qiling. Turli havo harorati ham batareyaga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, issiqda batareya o‘z quvvatini tezda yo‘qotadi. Shuning uchun ham yozning jaziramasida smartfonni salqin joyda saqlash kerak. Ayniqsa uning mashinada qolib ketmasligini ta’minlang. Qishda ham xuddi shuningdek akkumulyator sovib ketmasligini ta’minlang. Uni kurtkaning tashqi cho‘ntagida olib yurmaslik tavsiya etiladi. Noutbuklarni esa maxsus havo o‘tkazuvchi g‘iloflarda saqlagan ma’qul. 5.Smartfonni bir oyda bir marta to‘liq o‘chirib, to‘liq quvvatlantiring. Yuqorida aytib o‘tilgan maslahatlarga qaramay, litiy –ionli batareyalarni ham bir oyda bir marta to‘liq 0 foizgacha o‘chirib, uni to‘la quvvatlantirish kerak. Bu harakat bir oyda bir marta amalga oshirilishi lozim.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|