Главная » 2017 » Январь » 12 » Sovuqdan dorisiz davolanamiz!
09:56

Sovuqdan dorisiz davolanamiz!


Qishning nimasi yomon? Sovug‘i! Bir qarasangiz, ovozingiz bo‘g‘ilib, tomog‘ingiz og‘rib qoladi, yana bir qarasangiz tumov bo‘lib, boshingiz ham og‘riydi. Ammo, dorixonaga yugurib, bo‘lar-bo‘lmas dorilarga «falo-o-on» pul sarflashga shoshmang! Xalq tabobati usullari qaysi kuningizga kerak axir?!

MOYChEChAK DAMLAB IChING

Choyga limon solib ichish yoki oyoqlarni issiq suvga tiqib o‘tirish foyda bermasa darhol moychechakni choy o‘rnida damlab iching.

Qarabsizki sizdagi shamollash dardi tezda barham topadi.

Muolaja muddati – bir hafta, kuniga chorak stakandan uch marotaba moychechak damlamasi ichish kifoya.

TUMOVDAN QUTULISh UChUN

 Burningiz bitib, tumov bo‘lib qolsangiz avvalo bir stakan suvga bir choy qoshiq asal solib iching (kichkintoyingiz shunday ahvolda bo‘lsa, burniga ko‘krak suti yoki xom sabzining bir necha tomchi sharbatini tomizishingiz mumkin).

Ozgina paxtani navshadil spirtiga xo‘llang va goh o‘ng, chap burningizga qo‘yib hidlang. Tovoningizga yod nastoykasi surib ichiga quruq xantal sepilgan jun paypoq kiyib oling.

Ana shu muolajalarni navbatma-navbat bajarsangiz tumovdan tezda forig‘ bo‘lasiz.

YO‘TALGANDA TURP DAVO

Qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyoz va olmadan teng miqdorda olib ichiga shuncha asal soling, so‘ng aralashtiring. Har kuni bir oshqoshiqdan uch mahal iching. Olma po‘stidan quyuq choy damlab ichsangiz ham yengillashasiz.

Turp o‘rtasini o‘yib ichiga asal yoki shakar soling. Kun davomida xushxo‘r sharbat ajraladi. Shuni kuniga bir oshqoshiqdan iching.

TOMOQ QATTIQ OG‘RISA

Bir stakan iliq suvga ikki oshqoshiq tuz, yarim choyqoshiq iste’mol sodasi soling, so‘ng ikki-uch tomchi yod tomizing. Kuniga bir-ikki marta tomog‘ingizni shu bilan chaysangiz tuzalasiz.

Yana bir muolaja: bir choyqoshiq qirilgan xrenni chorak stakan qaynoq suvga solib, besh-olti soat tindiring. So‘ng suzib, iliq holida kuniga uch mahal oz-ozdan ichasiz.

ChOYNING FOYDASI KO‘P

Qovoqlar yallig‘langanda yoki ko‘z shamollaganda ko‘k va qora choyni aralashtirib damlab yuvish kerak. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini tuzatish uchun ko‘k choyni achchiq damlab ichib turish kifoya.

Govmichcha chiqqanda bir choyqoshiq ko‘k choyni bir stakan qaynoq suvga soling. Issiq holida paxtani botirib govmichcha ustiga qo‘ying, darrov tuzaladi.

Avtomobilda yurganda ko‘ngil aynisa yoki homiladorlikda ko‘ngil behuzur bo‘lsa quruq ko‘k choyni chaynang.

Shamollab qolganda choyni sut bilan birgalikda ichsangiz terlab darddan forig‘ bo‘lasiz.

Guljamila tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Sovuqdan, dorisiz davolanamiz | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz