18:17 SSV bugun koronavirusdan to‘liq sog‘ayganlar sonini ma’lum qildi | |
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan navbatdagi 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab jami tuzalganlar 1271 nafarga yetdi. Bugun 59 kishi sog‘aydi, deya ma’lum qildi SSV. Sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan hamda 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bir nafari Turkiyadan charter reyslar orqali kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 34 yosh bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshda. Toshkent shahrida shu paytga qadar 401 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 409 nafarga yetdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|