08:57 Sud Jonni Depp va Ember Xerdning nikohini rasman bekor qildi | |
Los-Anjeles sudi aktyorlar Jonni Depp va Ember Xerdlarning nikohini rasman bekor qilish haqida qaror chiqardi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. Sud ishlari 8 oy davom etdi. Jonni Depp agar nikoh bekor bo‘lsa, Ember Xerdga 6,8 million dollar to‘lashi lozim bo‘lgan shartnomani rad etgan edi. Uning bunday qarorga kelishiga Emberning uni zo‘ravonlikda ayblagani sabab bo‘lgandi. Aktyor sobiq rafiqasining mazkur xatti-harakatini shartnoma shartlarini buzish, deb hisoblagan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|