Главная » 2021 » Июнь » 10 » Tarvuz inson organizmi uchun nimasi bilan foydali?
23:22

Tarvuz inson organizmi uchun nimasi bilan foydali?


Yozda ko‘pchilik tarvuzni sevib iste’mol qiladi. Tarvuz 90 foiz tabiiy suvdan iborat, shuningdek, uning tarkibida murakkab bo‘lmagan shakar, vitaminlar va minerallar bor. Diyeta tutadiganlar uchun ham tarvuz iste’mol qilish qo‘l keladi. Tarvuz kam kaloriyali hisoblanadi — 100 gramm uchun taxminan 30 kkal. 

Tarvuzning o‘zi foydalimi yoki sharbati? 

Tarvuz po‘stida pektinlar va kletchatkalar mavjud. Ushbu elementlar toksinlardan xalos etadi, organizmni tozalaydi va oshqozon-ichak traktining to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Tarvuzni asosiy ovqatdan keyin iste’mol qilish yaxshiroq, masalan, desert sifatida. Bunda tarvuzni 200-250 grammdan ortiq yeyish maslahat berilmaydi. 

Agar tarvuzdan sharbat tayyorlasangiz, unda ma’lum miqdorda foydali elementlar qoladi, ammo pektin va kletchatkalar uning po‘sti bilan birga axlat qutisiga ketadi. Bundan tashqari, tarvuzning 2-3 bo‘lagi sizni to‘ydiradi, bir stakan sharbat uchun esa bunday bo‘laklardan juda ko‘p kerak bo‘ladi. 

Diyetologlar mevalarni, shu jumladan tarvuzni ham butunligicha iste’mol qilishni maslahat beradi. Organizm ularni yangi siqilgan sharbatlarga qaraganda osonroq qabul qiladi. Sharbatlar esa qonda shakar darajasini keskin oshiradi va endokrin tizimining ortiqcha ishlashini talab qiladi. 

Tarvuz organizm uchun nimasi bilan foydali? 

Tarvuz tarkibida B guruhi vitaminlari, A, C vitaminlari, magniy, fosfor, temir va boshqa foydali komponentlar mavjud. U yoshlik va sog‘lom terini ta’minlovchi antioksidantlarga boy. Tarvuz organizmdagi shlaklar va toksinlardan xalos etadi, immunitetni kuchaytiradi, issiq havoda chanqoqni yengishga yordam beradi. Undagi foliy kislotasi yurak faoliyatini yaxshilaydi, karotin esa stressga chidamlilikni oshiradi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Tarvuz, organizmi, foydali | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz