Telegram messenjeri ma’muriyati huquqni himoya qiluvchi organlarga foydalanuvchilarining telefon raqami va IP-adresini berishga rozi bo‘ldi.
Xizmatning yangilangan maxfiylik siyosati matnida yozilishicha, ma’lumotlar sud qarori asosida beriladi. Qaror foydalanuvchining terrorchilik faoliyatida gumon qilinayotganini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Yozishmalarga kirish imkonini beruvchi kodlar masalasida o‘zgarishlar bo‘lmagan. Negaki, Pavel Durov doim foydalanuvchilarning yozishmalari hech bir davlat hukumatiga berilmasligini aytib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiyaning Tagansk sudi Aloqa nazorati bo‘yicha Rossiya federal xizmati talabiga ko‘ra, Telegram messenjerini bloklash haqida qaror qabul qilgan edi.