10:14 Ayol sal qolsa qotiliga aylanadigan insonga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi | |
Germaniya fuqarosi uni o‘ldirishga uringan xonadoshiga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. U bu qarorini suiqasd bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud majlisining o‘zidayoq e’lon qildi, deb yozadi «Bild». Nashrning xabariga ko‘ra, 47 yoshli erkak o‘tkir tig‘ bilan ayolga tashlangan, uning yuzini timdalagan, shuningdek, boshiga zarba berishga uringan. E’tiborli jihati, sudlanuvchi avval ham ayollarni kaltaklagani uchun jazolangan. Hozir kelinbola homilador. Ta’kidlanishicha, u o‘zining qallig‘iga qarshi ko‘rsatma berish fikridan qaytgan. Shunga qaramay, odamni o‘ldirishga uringani uchun tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|