19:42 Tezkor: Milliarder Alisher Usmonovning uylarida tintuv boshlandi | |
Nashrning yozishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Usmonovga tegishli bo‘lgan bir nechta mulkni tintuv qilmoqda. Xususan, uning Bavariyadagi uyiga bostirib kirilgan. Myunxen prokuraturasi vakilining aytishicha, tintuvlarda 250 nafar politsiyachi ishtirok etgan, jami 24 ta obʼekt tintuv qilingan. Reyddan maqsad Usmonovga nisbatan tashqi savdo qonunchiligini buzganlik, jinoiy daromadlarni legallashtirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilinib, ilgari yopilgan ishlar bo‘yicha dalillarni izlashdan iborat. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan so‘ng, Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan va hozir xorijda. Xavfsizlik xodimlariga uni O‘zbekistondaligini gumon qilmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida Og‘ir jinoyatchilik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi Usmonov faoliyatiga aloqadorligi aytilayotgan banklardan pul yuvishda gumon qilingan 100 ga yaqin xabarlarni to‘plagan. “Spiegel” maʼlumotlariga ko‘ra, 2014-2022 yillarda Usmonov umumiy qiymati 555 million yevroga yaqin daromad va sovg‘a soliqlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Vaqti-vaqti bilan u Myunxenning gavjum Bogenhauzen tumanida istiqomat qilgan. "Panama hujjatlari" fosh qilinganidan so‘ng, tadbirkor murakkab offshor tuzilmalar va noaniq kompaniya xoldinglari orqali katta aktivlar va kapital daromadlarini yashirishi mumkinligi maʼlum bo‘ldi. Masalan, Usmonov Virjiniya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaning hammuallifi hisoblanadi. 2014 yilda u yerda boshqa tadbirkor o‘z mulkining bir qismini sotib oldi va Usmonov shunga ko‘ra Germaniya budjetiga yuzlab million yevro soliq to‘lashi kerak, biroq u buni qilganmi yoki yo‘q, nomaʼlum. Shuningdek, Usmonov Rossiyadagi o‘z aksiyalaridan katta dividendlarni Germaniya soliq idoralaridan yashirishi mumkin edi. Alisher Usmonov AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida. U Rossiyadagi oltinchi boy, Metalloinvest va Megafon kompaniyalarining egasi. Uning boyligi sanksiyalar joriy qilinganidan keyin 21,6 milliard dollardan 18,9 milliard dollarga tushib ketdi. Avvalroq Germaniya Usmonovning 750 million dollarlik Dilbar superyaxtasini hibsga olgan edi. Bahorda Usmonov Yevropa Ittifoqining Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban unga nisbatan qattiq sanksiyalar qo‘llash qarori ustidan shikoyat qilgan. Usmonov 29 aprel kuni YEI Bosh sudiga apellyasiya arizasi bilan murojaat qilib, sudyalar yakuniy qarorga kelguniga qadar sanksiyalarni to‘xtatib turishni so‘ragan. Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqining sanksiyalari bo‘yicha sud jarayoni bir necha yil davom etishi va kamdan-kam hollarda ular qaratilgan shaxslarning g‘alabasiga olib kelishi mumkin. Xususan, qochoq Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va uning o‘g‘li 2014 yildan beri, hattoki ularni 2020 yilgi sanksiyalarga kiritish bo‘yicha sudlarda g‘alaba qozonganidan keyin ham Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatida qolmoqda. 16 sentabr holatiga ko‘ra, Germaniya kamida 4,88 milliard yevrolik Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ygan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|