10:12 To‘y azaga aylandi: bir hovlida 3 ta tobut | |
21-mart Muborak tumani Qoraxitoy qishlog‘idagi ikkita xonadonda to‘y boshlandi. Garchi tun bo‘yi yomg‘ir yog‘ib, tuman tushgan bo‘lsa ham, to‘y egalarining kayfiyatiga ta’sir qilmadi. Kelinni salonga olib borish uchun bitta mashinaga ortig‘i bilan minib olgan shovvozlar tong otmay yo‘lga chiqishdi. Ammo mashina tuman hududidan uzoqlashmasidan ayanchli hodisa yuz berdi. Voqeaning keyingi tafsilotlari nafaqat qishloq, balki butun viloyatni larzaga soldi. Shu kuni mashina salonida bo‘lgan kuyovning otasi va yana ikki qarindoshi voqea joyida, yana bir fuqaro shifoxonada vafot etdi. Qurbonlar orasida kelinning xolasi ham bor edi. Bir hovlidan birvarakayiga 3 ta tobut ko‘tarildi. Voqea yuzasidan tezkor ishchi guruh tuzildi. Hodisani keltirib chiqargan sabablar sinchkovlik bilan o‘rganildi. Muborak tumani hokimligida jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni avtomashina salonida 7 nafar fuqaro bo‘lgan. Ya’ni zaruriati bor ham, yo‘q ham yo‘lga chiqqan. Ob-havoning tumanli ekanligini e’tiborga olmagan haydovchi esa tezlikni belgilangan me’yordan oshiradi va kutilmaganda yuk mashinasiga borib uriladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|