20:45 To‘ydagi videochilar Munisadan ranjishmoqda | |
So‘nggi paytlar to‘y xizmatlarida xonandalar tashrif buyurib qo‘shiq kuylab bo‘lgach, bevosita to‘y tadbiri kechayotgan xonadan to ko‘chagacha bo‘lgan oraliqdagi xollda xonandalarni shartta yo‘lini videochilar to‘sib kelin va kuyovga tilaklar bildirishni so‘rashi urfga kirgan. Menimcha bu urf aynan artistlarni to‘ylarida xamkasblar videoga tilaklar bildirishidan rivojlanib keta turib yo‘lma-yo‘l xalqqa tarqalgan bo‘lsa ajabmas. Shaxsan o‘zim guvox bo‘lgan to‘ylarda bir ikki xonandalar shoshib kelib, qo‘shiq kuylab bo‘lgach, shoshib chiqib videochilarni iltimosini og‘zida qoldirgancha ketib qolishgandi, deydi Sardor Karimov. Qizig‘i o‘sha to‘yda xolldan uch to‘rt xonanda navbat kutib turganida videochilar ko‘rinmadi. Ya’nikim ular vaqtdan unumli foydalanish strategiyasini yo‘lga qo‘yishmagan. Balki kamera yetishmagandir, bilmasam. Xullas, to‘y xizmatlarida band bo‘ladigan videochilar xonanda Munisa Rizayevadan ranjishganini va buni Munisani xizmatdan keyin videoga tilak bildirmay ketib qolishi bilan bog‘lab e’tiroz bildirishmoqda. Qizig‘i, ular aytishicha, aslida xonanda Shoxruxxon shu tariqa umuman tilak bildirmay ketib qolishi va endi shunday ketib qoladigan ro‘yxatga ikkinchi bo‘lib Munisa xam kiritilgibdi. Munisa Rizayeva: - Xa, bunday xolatlar ko‘p uchraydi chunki biz boshqa to‘y xizmatlariga ulgurmayaptgan bo‘lamiz. Videochilar o‘zini ishini qilyapti biz esa o‘zimizni ishimizni. Bizlarni to‘ylarga qo‘shiq kuylab xizmat qilishga chaqirishadi, tilaklar yo istaklar bildirib intervyu bergani emas. Boshqa xizmatlar xam borku shu kuni, mabodo qaysidir to‘yga 5 minutga kech qolib ko‘ringchi boshqa to‘ylarga borish vaqti surilib ketadi va natijada qaysidir to‘yga bora olmasligimiz mumkin. Videochilar boshqa paytni topishsin yoki navbat kutib turganimizdan foydalanishsin, aynan shoshib chiqib ketayotganimizda kelib tabrik so‘rashadi. Unda yo qo‘shiq aytaylik to‘yda yo intervyu berib ketaylik. Ja shu videochilaram aqllilik qiladida... Yuqorida aytganimdek, videochilar xonandalarni saxnaga chiqqunicha navbat kutib turganida tilak olishlarini yo‘lga qo‘yishlarini maslaxat berardim. Boshqachasiga esa bu mavzuda xonandalarni umuman ayblab bo‘lmaydi, chunki rosti xam ularni kuniga bir necha to‘y xizmatlari kutadi va ular kirib xizmat qilgan to‘ylarida ikki karra tabriklashga majbur emaslar. O‘zi tilakni so‘rab olinmaydi xam. Ikki karra deganim bu aksariyat xonandalar to‘yga kelib qo‘shiq kuylashidan avval yoki birinchi qo‘shiqdan keyin salomlashib ikki yoshga baxt tilab keyingi qo‘shiqlarini kuylashadi. Shuni o‘zi yetarli emasmi o‘rtoq videochilar?! Shartmi yana qaytadan tilakni so‘rab olaverish?
Manba: "sayyod.com"
| |
|