23:53 Toshkent shahar hokimligi xonanda San Jay'ga ish taklif qildi | |
Toshkent shahar hokimligi xonanda San Jay'ning (Sanjar Javberdiyev) ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaatiga o‘z munosabatini bildirib, uni Shayxontohur tuman Obodonlashtirish bo‘limi rahbari lavozimiga ishga taklif qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. Gap shundaki, xonanda San Jay ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llagan murojaatida odamlar shaharni toza tutmayotganidan xafa bo‘lib, insonlarni tozalikka e’tiborli bo‘lishini so‘ragan edi. Toshkent shahar hokimligi xonandaning murojaatiga munosabat bildirib, u juda o‘rinli muammoni ko‘targanini ta’kidlagan va unga ish taklif qilgan.
Shahar ma’muriyati xonanda San Jay'dan ushbu taklifni qabul qilishi uchun +998977015111 telefon raqamiga murojaat etishini so‘ragan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|