22:06 Toshkent shahrida mahalla, daha, mavzelar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi | |
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e’tiboran TUMAN VA ShAHARLAR DARAJASIDA toifalarga ajratiladi Toshkent shahrini “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining har bir tuman (shahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, tuman (shahar)larning toifasini o‘zgartirish yuzasidan doimiy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.
Manba: "sof.uz"
| |
|