21:03 Toshkent shahrida koronavirus aniqlangan “qizil” hududlarga blokpostlar qayta o‘rnatiladi | |
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazoratini ta’minlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Koronavirus Info Telegram kanali ma'lum qildi. Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarni blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilandi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 22-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 43 kishida koronavirus aniqlandi va mamlakat bo‘ylab kasallanganlar soni 6400 kishidan oshgani xabar berilgandi. COVID-19’dan forig‘ bo‘lganlar soni esa 4450 nafarni tashkil etmoqda. Hozirgacha 19 bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|