18:57 Turkmanistonda allaqachon 7 kishida koronavirus aniqlangan – OAV | |
Gurbanguli Berdimuhamedov Prezidentlik qilib kelayotgan Turkmanistonda allaqachon koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan bo‘lib, bemorlar soni ayni vaqtda 7 nafarga yetgan. Biroq, mamlakat hamon ushbu holatni panada tutmoqda. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” nashri yozdi. Qayd etilishicha,bemorlar Turkmanobod shahridagi karantin zonasidagi alohida palatada saqlanmoqda. Ushbu palatalar joylashgan binoga kirish va chiqish mutlaqo ajratilgan va alohida kirish joyi mavjud. Virusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan shifokorlar faqat dezinfeksiyalash moslamasi bilan jihozlangan kirish joyidan foydalanishlari shart. U yerda shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyasi xodimlari tibbiy xodimlarni zonaga kirish va chiqish joylarida zararsizlantiradilar. Avvalroq, ushbu karantin zonasida olingan tahlillar odatiy shifoxonalarda tekshirilgan bo‘lsa, endilikda burun va og‘izdan olingan tahlillar, qon testlari viloyat sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bakteriologik laboratoriyasiga yuborilmoqda. Bemorlarga Turkmaniston-Hindiston- Turkmenderman-Ajanta Pharma Limited qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan cho‘chqa grippiga qarshi H1N1 vaksinalari bilan emlangan. Davolashda kislorodli yostiqlar ham qo‘llanilmoqda. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan keltirilgan asbob-uskunalar va qurilmalar mintaqalar bo‘yicha har xil miqdorda taqsimlanadi. Bu hududda ishlaydigan shifokorlar niqob va qo‘lqop uchun o‘zlari to‘lashlari kerakligidan shikoyat qilmoqdalar. Jiddiy davolash choralari yo‘q. Shahardan zonani tark etganda, qo‘riqchi tibbiy xodimlardan niqoblarni olib tashlashni talab qiladi. Zona shahar gipodromiga qarama-qarshi cho‘lda qurilgan va qattiq qo‘riqlanadi. Turkmaniston hukumati esa mamlakatda koronavirus yuqtirilganligini inkor etishda davom etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|