15:43 Toshkent viloyatidagi qamoqxonada ikki mahkum joniga qasd qildi | |
Аniqlanishicha, 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo oʼtayotgan mahkumlar А.Ya. va T.D. joriy yilning 19 iyun kuni koloniya boshligʼi tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga rioya qilmasdan, oʼzlarining yashash sahniga kirish oʼrniga 2-yashash sahnidagi tanishlari oldiga yashirin ravishda oʼtib, hech kimning ruxsatisiz, qoidalarni buzgan holda oldindan adovati boʼlgan 5-turkumda jazo muddatini oʼtab kelayotgan mahkum А.Yu.ning qadr-qimmatini kamsituvchi soʼzlar bilan shaxsiyatiga tegib, qoʼpol muomalada boʼlgan. Shuning uchun koloniya xodimlari tomonidan А.Ya. va T.D. intizomiy jazoga tortilgan. Bundan norozi boʼlgan mahkumlar А.Ya. va T.D. binoning ikkinchi qavatidan koloniyaning taqiqlangan va yashash sahni tomonga qarab oʼzlarini uloqtirgan. Mahkumlar А.Ya. va T.O.ga birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|