Главная » 2020 » Октябрь » 6 » Toshkentda 23 yoshli qiz 69 yashar jazmanining joniga qasd qildi
14:39

Toshkentda 23 yoshli qiz 69 yashar jazmanining joniga qasd qildi


Toshkentda 69 yoshli erkakka suiqasd qilgan 23 yoshli qizga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Mazkur sud ishi haqida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Nargiza QOSIMOVA ma’lum qildi... Bu haqda "Darakchi" yozmoqda.

1997 yilda tug‘ilgan, turmushga chiqmagan qiz 2018 yil noyabr oyida 69 yoshli erkak bilan tanishadi. Muntazam ravishda u bilan uning Toshkentdagi uyida ixtiyoriy ravishda birga bo‘lib kelgan va 2019 yil fevralda ushbu xonadonga ko‘chib o‘tgan. To‘lov evaziga uy yumushlarini bajargan. Qiz tanishining yashash sharoitlari va mol-muklarini ko‘rib, uning mashinasi va qimmatbaho buyumlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida tanishini qasddan o‘ldirish rejasini tuzadi. Mart oyida tanishining yotoqxonasida joylashgan kravatdagi yostiq tagiga oshxona pichog‘ini yashirib qo‘yadi. Odatdagidek u bilan ixtiyoriy ravishda birga bo‘lgach, yostiq tagiga yashirib qo‘ygan pichoq bilan erkakning bo‘yin qismiga urgan. U olgan jarohati natijasida qizga qarshilik ko‘rsatib, undan qocha boshlaydi. Biroq qiz xonadonda bo‘lgan temir gantel bilan qurollanib, uning orqasidan quvadi va uning bosh ensa sohasiga urib, yerga yiqitadi. So‘ng erkakni o‘ldirish maqsadida bo‘ynidagi kesilgan jarohati – qon tomirini barmog‘i bilan uzadi. Shu vaqt ko‘chadan o‘tib ketayotgan fuqaro uning jinoiy harakatlariga chek qo‘ygani sababli o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatga ko‘ra, maqsadini oxiriga yetkaza olmaydi.

Qiz jinoiy rejasini oxiriga yetkazish maqsadida fuqarolik burchini bajarayotgan kishiga faol qarshilik ko‘rsatadi. Uning qo‘lidan chiqib ketadi. Qiz tanishiga tegishli «Lacetti» mashinasini qo‘lga kiritish uchun uyga qaytib kiradi. Javondan mashina kalitini olib, temir darvoza yordamga kelgan kishi tomonidan yarim yopilgan bo‘lishiga qaramay, mashinaning orqa qismi bilan urib voqea joyidan yashirinishga uringan. Biroq shu joyga yetib kelgan IIB xodimlari tomonidan to‘xtatib qolinadi hamda mashina boshqaruvini yo‘qotadi. Ushbu ko‘chada turgan ikkita mashinalarga to‘qnashgan.

              “YOSHLIGIMNI INOBATGA OLIB, YENGILROQ JAZO TAYINLANISHINI SO‘RAYMAN”

Sudda sudlanuvchi e’lon qilingan ayblovga qisman iqrorlik bildirgan...

— Tanishim bilan ko‘chada aylanib yurib, undan hojatxonaga olib borishni so‘radim. U uyiga olib bordi, u yerda bir o‘zi yashashini bildim. So‘ng tanishimning telefon raqamini yozib oldim. Keyinchalik u bilan yozishib yurdim. Bir gal uyiga taklif qildi, yarim tunda bordim. Tanishim birga bo‘lishni taklif qildi, shunda “pul bersangiz, rozi bo‘laman”, dedim. Har gal 100.000 yoki 150.000 so‘m berardi...

O‘sha kuni pichoq bilan bo‘yin tomoniga bir marotaba pichoq urganimda birdan o‘rnidan sakrab turdi. Shu orada u pichoqni qo‘liga olib, meni qo‘li bilan itarib yubodi. Ko‘zimga mushti bilan urdi. Yotoqxonadan qo‘lidagi pichoq bilan tashqariga kiyimsiz holda yugurib chiqdi. Yotoqxonadagi 5-6 kg.li gantelni olib, uning ortidan yugurdim. Ko‘chaga chiqish darvozasini katta qulfni ochayotgan vaqtda unga yetib oldim. Meni yana qo‘li bilan itarib yubordi, gul tuvagiga boshim bilan yiqildim. Battar jahlim chiqib, gantelni qo‘limga olib orqasidan ko‘chaga yugurib chiqdim. Ariqning yonida unga yugurib yetib olib, gantel bilan boshiga urdim. Shu payt bir qo‘shni kelib qolib, meni to‘xtatmoqchi bo‘ldi. Qo‘shni qo‘limni qattiq ushlab olgani uchun gantelni tashlab yubordim. Qo‘shniga qarshilik ko‘rsatishga kuchim qolmagani bois qo‘lidan chiqib, tanishimning uyiga qaytib kirdim. Mashinasining kalitini olib, hovlining ichida mashinani oldini to‘g‘rilash uchun burib oldim. Bu paytda qo‘shni ko‘cha darvoza eshigini yopganini ko‘rdim. Shunga qaramay, mashinani darvozaga qarab haydadim va darvozani buzib chiqib ketdim. Katta yo‘l tomon chiqib ketmoqchi edim, ko‘p odamlar turganini ko‘rib qo‘rqib ketdim va “tormoz bosaman”, deb gazni bosib yuboribman. Natijada to‘g‘rida turgan mashinalarni orqa qismiga borib urildim. Mashinadan meni ichki ishlar xodimlari chiqarib, IIBga olib borishdi. 

Hozirda qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman, kechirim so‘rayman. Sodir etgan qilmishimning oqibatini tushunib yetdim. Yoshligimni inobatga olib, yengilroq jazo tayinlanishini so‘rayman. 

— Sudlanuvchi JKning 25, 97-moddasi 2-qismi, «i» bandi, JKning 164-moddasi 3-qismi «b,g» bandlari, JKning 219-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topildi.

JKning 59-moddasi tartibida sudlanuvchiga jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qiz, qasd qildi, joniga, Toshkentda, jazmanining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz