Главная » 2021 » Февраль » 13 » Toshkentda qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi
11:03

Toshkentda qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi


Toshkentdagi «Yalang‘och» va «Salar» temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida o‘z joniga qasd qilishga uringan qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qiz hozirda shifoxonada. Tergov organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, hozirda yana boshqa sodir bo‘lgan voqea yuzasidan mutasaddilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 8 fevral kuni Toshkentning Yashnobod tumanida, tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalaridan birida teplovoz va Cobalt to‘qnashgan, oqibatda hech kim jabrlanmagan.

«Bunday holatlarning takrorlanishini hisobga olgan holda, shuni ma’lum qilamizki, tegishli tarkibiy tuzilmalar, tashkilotlar va joylardagi mutasaddilar tomonidan muntazam ravishda temir yo‘l yaqinida istiqomat qiluvchi aholi va transport vositalari egalari bilan temir yo‘lda xavfsizlikka rioya etish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Profilaktik suhbatlar, qator uchrashuvlar, mavzu doirasida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ayniqsa, bu borada maktab o‘quvchilari va o‘smirlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avalroq Toshkentda o‘n to‘rt yoshli qiz maktabdan temir yo‘l kesishmasi orqali uyiga qaytayotgan vaqtida yuk poyezdi urib yuborgani xabar qilingandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qiz, poyezd, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz