Главная » 2018 » Апрель » 4 » Toshkentda piyoz bepul bo‘ldi. Hammagami?!
19:35

Toshkentda piyoz bepul bo‘ldi. Hammagami?!


Oldinroq, Toshkent shahar hokimligi shahardagi xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan hokimlik zaxirasidagi piyoz ko‘karib, chiriy boshlagani bois bozorda o‘tmaganidan uni o‘qituvchilarga pullanayotgani ma’lum qilingan xabarlarga raddiya berganini ma’lum qilgan edik.

Bugun, 4 aprel kuni mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning qo‘shma bayonnomasi imzolangan. Unga ko‘ra, Toshkent shahri aholisi, ijtimoiy soha, kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalarga zaxira saqlovida mavjud bo‘lgan piyozning bepul yetkazib berilishini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan.

Xususan, bepul piyozning o‘z vaqtida, to‘liq va manzilli yetkazib berilishida muassasa va mahallalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilangan.

Matbuot xizmati xabarida Davlat sanitariya-epidemologiya nazorati markazi, Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan bepul tarqatilayotgan piyoz mahsulotining sifati buzilmagan holda yetkazilishi nazoratga olingani ta’kidlangan.

Ushbu jarayonda adolat qanchalik ta’minlanadi? Buni vaqt ko‘rsatadi. Va biz, albatta, bu mavzuga yana qaytamiz.

Ikrom Rahmon


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: piyoz, Bepul | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz