09:26 1 yanvardan Toshkentda imtiyozli transport kartalarini bepul olish mumkin bo‘ladi | |
2021 yil 1 yanvardan boshlab “ATTO” operatori tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli (talaba, ijtimoiy, o‘quvchi) transport kartalarini Toshkent shahridagi 70 ta oylik yo‘l chiptalari sotish shahobchalaridan olish mumkin. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi. Imtiyozli kartalar bepul bo‘lib, buning uchun kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda, fuqaro tanlagan tarif uchun to‘lovni amalga oshirib, imtiyozli transport kartalarini olish mumkin. Qayd etilishicha, yanvar oyidan sotuvga chiqariladigan elektron oylik yo‘l chiptalari, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida, 2021 yil yanvar oyi uchun avtomatik tarzda 30 kunlik tariflar bilan taqdim etiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|