20:36 Turli mamlakatlar prezidentlari qancha maosh oladi? | |
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp vazifasiga kirishishga ulgurmasdan, prezident maoshidan voz kechib bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. Bungacha AQSh prezidentlaridan Jon Kennedi va Gerbert Guver ham xuddi shunday ish tutgan edi. Forbes shu yil sentabrda taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning davlati 3,7 milliard dollarga teng. Dunyodagi “eng kambag‘al prezident” bo‘lib esa uzoq vaqtdan buyon Urugvay rahbari Xose Muxika sanalgan. Yiliga 144 ming dollarlik maoshining katta qismini u xayriyaga sarflagan. “TASS” dunyoning turli mamlakatlaridagi prezidentlar qancha maosh olishi haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi (raqamlar yaxlitlangan). AQSh, Barak va Mishel Obama — yiliga 400 ming dollar Italiya, Serjo Mattarella — yiliga 230 ming yevro Germaniya, Yoaxim Gauk — yiliga 227 ming yevro JAR, Jeykob Zuma — yiliga 194 ming yevro Fransiya, Fransua Olland — yiliga 179 ming yevro Meksika, Enrike Penya Nyeto — yiliga 150 ming dollar Argentina, Maurisio Makri — yiliga 120 ming yevro Keniya, Uxuru Keniata — yiliga 117 ming yevro Portugaliya, Marselu Rebelu de Souza — yiliga 86 900 yevro Litva, Dalya Gribauskayte — yiliga 86 100 yevro Jazoir, Abdulaziz Buteflika — yiliga 76 ming yevro Slovakiya, Andrey Kiska — yiliga 64 512 yevro Polsha, Anjey Duda — yiliga 54 156 yevro Ukraina, Pyotr Poroshenko — yiliga 11 640 dollar
Manba: "daryo.uz"
| |
|