08:09 Uyqusizlikda qovoq sharbati yordam beradi | |
Bu poliz mahsulotining har bir qismida aloxida foydali xususiyat mavjud. Qovoq urug‘i - qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, yurak-qon tomir faoliyatini mustahkamlaydi hamda tarkibidagi D vitamini hisobiga suyaklarni mustahkam qilib, kalsiy moddasini singdirishga yordam beradi. Po‘stlog‘i – qovoq po‘stida sink moddasi yuqori bo‘lib, zamburug‘lar ko‘payishidan saqlovchi o‘simlik oqsili ham bor. Shamollash, jigar faoliyati bilan bog‘liq xastaliklar, uyqusizlik, qandli diabet, erkaklardagi prostata bezi kasalliklarida qovoqning foydasa beminnatdir. Resept: Uyqusizlikda – yarim stakan qovoq sharbatiga 1 choy qoshiq asalni aralashtirib, uxlashdan avval qabul qilinadi. Bu sharbat ta’sirida uyqu xolati normallashib, mehnat layoqati ko‘tariladi. Buyrakda tosh yig‘ilishida – yarim stakan yangi chiqarilgan qovoq sharbatini bir kunda 3 maxal ichiladi. Muolaja davomiyligi 10 kun. Tetiklashtiruvchi sharbat - 1 litr suvga 100 gr shakar solib qaynatiladi. Qaynagan suvga 500 gr qirg‘ichdan chiqarilgan qovoqni qo‘shib, 5-10 daqiqa davomida qaynatilib,tindiriladi. Olovdan olgach 1 ta limon sharbatini aralashtirib, iliq holatda qabul qilinadi. Mazkur sharbatni ovqatdan so‘ng iste’mol qilish xazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir etib, quvvatni oshiradi. Kimlarga mumkin emas: qorin va ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolarda, diareyaga moyilligi borlar uchun qovoq va undan tayyorlanadigan sharbatlar tavsiya etilmaydi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|