Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Uyqusizlik sog‘liqqa zarar! Mana buning 6 isboti
12:06

Uyqusizlik sog‘liqqa zarar! Mana buning 6 isboti


1. Miyamiz toliqib qoladi

Inson miyasi uzog‘ibilan kechki soat 23:00 gacha bedor bo‘lishi mumkin. Agar soat 23:00 dan so‘ng uxlashga odatlangan bo‘lsangiz, vaqt o‘tgani sayin aqliy faoliyatingiz sustlashib boradi. Ba’zilar tungi soat 23:00 dan soat 2:00 gacha mizg‘ib olishadiyu, so‘ng yozuv-chizuv ishlarini bajarishadi. Bu ham sog‘liqqa zarar. Ayniqsa, asab tizimi zararlanadi. Holsizlik, jizzakilik, kayfiyat o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.

2. Tashqi ko‘rinishingiz o‘zgaradi

Tunda organizmdagi hujayralar yangilanadi. Buning uchun esa ularga dam berish kerak. Organizm uyg‘oq holatda bo‘lganida yangilanish jarayonlari sodir bo‘lmaydi. Qarabsizki, yuz terisiga ajin tushishi, rangparlik kabilar yuzaga keladi.

3. Surunkali charchoq

Avvaliga kunduzi uyqungiz kelayotgandek tuyuladi. Bora-bora mehnat layoqati kamayib, xotira sustlashadi, diqqatni jamlashga qiynalasiz. Chunki organizm juda ham toliqqan. Uyqusizlik esa zahira quvvatini ham tortib olayapti.

4. Tana vaznining ortishi

AQShlik olimlarning olib borgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, yetarlicha uxlamaydigan ayollarda tana vazni tez ortib boradi. Kam uxlash moddalar almashinuviga ta’sir etib, turli o‘zgarishlarga olib keladi.

5. Immunitet zaiflashadi

Hammasi kundek ravshan. Uyquning yetarli bo‘lmayotgani immun tizimini ishdan chiqaradi. Organizmdagi almashinuv jarayonlari buzilib, immunitet zaiflashib boradi. Bu holat tez-tesh shamollash va tumov bilan kuzatilishi mumkin.

6. Erta keksayish

Qon aylanishi yaxshi bo‘lsa, teri hujayralari kislorod bilan to‘yinib, aminokislotalar me’yorida bo‘ladi. Yuz va badanga ajin tushishi kuzatilmaydi. Buning aksi bo‘lganida esa yoshga doir o‘zgarishlar faollashib, erta keksayish alomatlari sodir bo‘lishi mumkin. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: zarar, isbot, uyqu, uyuqusizlik, vazn | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz