Главная » 2021 » Март » 15 » Uyqu sifatini yaxshilashning 5 yo‘li
19:36

Uyqu sifatini yaxshilashning 5 yo‘li


Amerikalik olimlar uyqu sifatini oshirishning beshta usulini ma’lum qilishdi. Tavsiyalar «Sleep Health» jurnalida chop etilgan.

Avvalo, yetarli darajada uxlash kerak. Agar odam tunda besh soatdan kam dam olsa, yurak-qon tomir tizimi va miyada qon aylanishi buzilishiga olib kelishi mumkin. Uyqusizlik, shuningdek, ruhiy kasallikni keltirib chiqaradi.

«Yetarlicha uxlash» odati sog‘liqqa zarar. Soatning birinchi jiringlashidanoq o‘rindan turish kerak. Uyquni uzaytirishga urinmaslik kerak — bu odamni kuch-quvvatdan mahrum qiladi va «horg‘inlik» tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Ertalab uyg‘onishga qiynalmaslik uchun olimlar xonadagi pardalarni kechasi ochiq qoldirishni maslahat berishadi — odamni quyosh nuri uyg‘otadi.

Yotishdan oldin alkogol iste’mol qilish garchi tezda uxlab qolishga yordam bersa-da, uyqu sifatini battar yomonlashtiradi. Spirtli ichimliklar peshob haydash xususiyatiga ega, natijada tezda uxlab qolish fazasi izdan chiqishi mumkin.

Issiq sut va giyohli choy esa, aksincha, odamga zarar yetkazmagan holda tez uxlab qolishga yordam beradi. Maqola mualliflari 15 daqiqada uxlab qololmasangiz, ulardan foydalanishni maslahat berishadi.

Uxlashdan oldin televizor va gadjetlarni tomosha qilish tavsiya etilmaydi. Televizordan taralayotgan ko‘k nur melatonin ishlab chiqarishga xalaqit beradi, tovush esa sog‘lom uyquga zarar yetkazadi.

Kitob o‘qish uyquni yaxshilashga yordam beradi, ammo buni to‘shakda bajarmaslik kerak. Aks holda kitob o‘qish bilan uyqusizlik o‘zaro bog‘liq bo‘lib qoladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: sifatini, uyqu, yaxshilashning, yo‘li | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz