21:14 Smartfonning xizmat muddatini uzaytirish yo‘li ma'lum qilindi | |
Smartfon uzoqroq vaqt xizmat ko‘rsatishi uchun uni ekrani bilan pastga qilib qo‘yish lozim. Bunday tavsiyani foydalanuvchilarga G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining informatika kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyev bergan. “Ekranni himoyalashning ko‘plab usullari mavjud, biroq kameralar uchun hozircha yo‘q. Shu sababli telefoningizni ekrani bilan pastga qo‘yib, kameraning kamroq tirnalishiga, displeyning esa qizib ketmasligiga yordam berasiz”, deb aytgan mutaxassis. Bu tavsiya smartfon himoya g‘ilofida bo‘lganda ham asqotadi, chunki asosiy kamera bunday holatda ham boshqa yuzalar bilan ta'sirlashish natijasida shikastlanishi mumkin. Mutaxassis, shuningdek, yangi gadjet bilan har doim himoya oynasini sotib olishni yana bir bor eslatib o‘tgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|