15:36 Uyquni Yengishning 7 Usuli | |
Kechqurun 7-8 soat uxlashga odatlaning. Shunda kunduzi holsizlik kuzatilmaydi. Televizor tomosha qilganda, kompyuterda ishlaganda yoki gazeta o‘qiyotganingizda o‘tirgan holatda bo‘ling. Yostiqqa suyanish yoki karavotga yotgan ko‘yi biror mashg‘ulot bilan band bo‘lish tavsiya etilmaydi. Kun bo‘yi uyqusrab yuradiganlar har kun bir vaqtda uxlashga odatlanishlari lozim. Uyqu bilan bog‘liq muammolar bezovta qilganda kechki ovqatdan so‘ng qahva ichish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, meva sharbatlari va muzqaymoq ham. Bo‘lmasa, ertasiga turli muammolar yuzaga kelishi mumkin. Har qanday jismoniy mashqlarni uxlashdan 2 soat oldin bajarish kerak. Uyqu oldidan hatto yengil mashqlar ham tavsiya etilmaydi. Aks holda organizmdagi almashinuv jarayonlari faollashib, uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Ertalab kontrast dush qabul qiling. Avval iliq, keyin sovuqroq suvda cho‘milish organizm tonusini oshiradi va tetiklik ulashadi. Biroz mudrab olay degan so‘zni unuting. Toliqqan organizmingiz uyqu holatiga kirib olgach, istaysizmi-yo‘qmi, undan voz kechishni istamaydi. Qarabsizki, kunduzi 10-15 daqiqalik uyqu lanjlik bilan davom etadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|