Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashning 9 sinalgan usuli
17:47

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashning 9 sinalgan usuli


Ko‘z mushaklari, har qanday boshqa mushak kabi mashq qilib turilmasa, zaiflashib qoladi. Adme.ru ko‘rish qobiliyatini yaxshilashning 9 sinalgan usulini taqdim etdi.

⦁  Kun davomida ko‘zingizni toliqtirmaslikka harakat qiling. Har 2-3 soatda bir necha daqiqaga ko‘zlaringizni yuming va biroz tin oling. 

⦁  Quyidagi suratdan 16 ko‘z mashqini o‘rganib olish mumkin. Ularni har kuni ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha bajaring. 

 Agar siz ko‘zoynak taqsangiz, ulardan foydalanish  vaqtini imkon qadar qisqartiring yoki vaqti-vaqti bilan ko‘zoynakni olib turing.  

⦁  Ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlaringizdan foydalanib, aylanma harakatlar bilan ko‘zlaringizni yengil uqalang. Mashqlarni bajarishda siz u qadar kuchli bo‘lmagan bosimni his qilishingiz kerak, lekin og‘riqni emas. Quyida ko‘rsatilgan nuqtalar yo‘nalishi bo‘ylab harakat qiling. 

Ko‘chaga chiqayotganingizda oyoq ostiga emas, uzoqlarga qarang.

⦁  Imkon qadar tez-tez sabzi sharbatini ichib turing (iloji bo‘lsa har kuni).

⦁  Sabzi sharbati maksimal darajada foyda berishi uchun unga 1-2 tomchi zaytun yog‘i qo‘shing. Bu uning ta’mini buzmaydi, u sharbatning ijobiy ta’sirini yanada oshiradi. 

⦁  Ko‘zlaringizda charchoqni his qilsangiz, ularni iliq suv bilan yuvib tashlang.

⦁  Uyquga 2 soatcha qolganda kompyuter, televizor yoki smartfon ekraniga qaramaslikka harakat qiling.

⦁  Yoga mashqlaridan biri bo‘lgan tratakni sinab ko‘ring. U ko‘zlarga yordam beradi va xotirani mustahkamlaydi. 

Ochiq kenglikda joylashgan kichik harakatsiz predmet qarshisiga o‘tiring (masalan, shamlar). Nigohingiz va butun diqqatingizni unga qarating. Ko‘zingizni pirpiratmaslikka harakat qiling. Xotirangizda ushbu predmet tasvirini detallashtiring. 

Shundan so‘ng ko‘zingizni yuming va nigohingizni qoshlar orasidagi masofaga qarating-da, predmet obrazini imkon qadar miyangizda ushlab turing. Shu mashqni taxminan 10 daqiqa bajaring. 

Mashq maqsadi — ko‘zlar charchagunga qadar xotirada predmetning aniq tasviriga erishish. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: usul, yaxshilash, Ko'rish, Ko'z, Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz