17:57 Banklar aholi bilan ishlashning yangi usuliga o‘tdi | |
Mamlakatimiz tijorat banklari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan vazifalarni bajarish hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak va madad berishning yangi usullarini joriy etmoqdalar. Banklar oddiy aholini tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatish va shunga yetaklash maqsadida ularning bank xizmatlari va kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganib chiqishga kirishdi. Tijorat banklarining joylardagi filiallari mas’ul xodimlari aholi xonadonlariga tashrif buyurmoqda va ular bilan o‘tkazayotgan muloqotlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari uchun ajratilayotgan kreditlar, ularning shartlari, kredit hujjatlari va garov ta’minoti to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib bormoqda. O‘z navbatida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar taklif etilib, ularning kredit hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha tegishli maslahatlar berilmoqda va qisqa muddatlarda kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda. Banklar tomonidan aholiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kredit ajratish taklif etilmoqda:
Manba: "darakchi.uz"
| |
|