14:56 O‘smirlar bilan murosa qilishning 4 yo‘li | |
Ruhshunoslarning aytishicha, o‘smir yoshdagi farzandining e’tiborini o‘ziga qaratishni istagan ota-onalar imkon qadar kamroq gapirishlari kerak ekan. Mashhur ruhshunos Meri Badd Rou bu holni o‘smirlar eshitganlarini tushunib olishlari uchun biroz vaqt kerakligi bilan izohlaydi. Shuning uchun bolaga savol bergach, kamida 3 soniya sabr qiling. Shunda tayinli javob olasiz. Nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘riligini tushuntirishdan erinmang. Agar o‘rgatishni istamasangiz, bola tajriba orttirgunicha, sabr qilishga majbursiz! Tanlov o‘z qo‘lingizda! U bilan katta odamlardek muomalada bo‘ling. O‘zining qanchalar kerakli shaxs ekanligini his etishiga imkon yarating. Aks holda o‘smir buni his etishning boshqa, agressiv usullaridan foydalana boshlaydi. Farzandingizga muhim topshiriq berishdan avval diqqatini o‘zingizga qaratib oling. Buning uchun o‘smirning ko‘zlariga qarab gapiring. Shunda u aytganlaringizni so‘zsiz bajaradi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|