13:25 Suyaklaringiz mustahkammi? Tekshirib ko‘ring! | |
Suyaklaringiz o‘ziga nihoyatda kerakli bo‘lgan kalsiydan judo bo‘lmayaptimi, osteoporoz sizga xavf solmayaptimi? Quyidagi test savollariga javob berib, buni aniqlashingiz mumkin.
Inkor javoblarga ball hisoblanmaydi. Natijalar 0 dan 5 gacha: xursand bo‘lishingiz mumkin, osteoporoz xavfi uncha katta emas. Sog‘lom turmush tarzi kechiring, to‘g‘ri ovqatlaning. Taomnomangizga tvorogli, sutli mahsulotlarni kiriting. Kunjut urug‘i ham kalsiyga juda boy. 6 dan 10 ballgacha: suyaklar tizimingizga alohida e’tibor qaratishingizga to‘g‘ri keladi. Jismoniy faollikni oshiring, ammo me’yorni unutmang. Taomnomangizda kalsiyga boy mahsulotlarni ko‘paytirishga harakat qiling. Kalsiy yaxshi o‘zlashtirilishi uchun D vitamini qabul qilish va toza havoda ko‘proq bo‘lish lozim. Sizga dori ko‘rinishidagi kalsiy ham yordam berishi mumkin. 11 balldan yuqori: organizmingizda kalsiy yetishmovchiligi yaqqol sezilib turibdi. Suyaklar o‘ta nozikligi hamda sinuvchanligining oldini olish uchun darhol travmatolog-ortopedga murojaat qiling va davolanish kursini o‘tkazing.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|