13:25 Sutni ko‘paytirishning 8 chorasi | |
1. Kuniga besh-olti marta ovqatlaning. Ayniqsa, har emizishdan oldin oziqlansangiz, sut kelishi ancha jadallashadi. Lekin juda to‘yguncha yemang. 2. Ba’zilar sut ko‘payishi uchun emizayotganda oyoqni issiq suvga solishni maslahat berishadi. Lekin unutmaslik kerakki, varikoz kasalligi mavjud bo‘lgan ayollarga bu usulni qo‘llash mumkin emas. 3. Tungi emizishlar ham bu borada juda foydali. Chunki tunda prolaktin gormoni ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Bu gormon esa sut ishlab chiqarishga javobgar. Shuning uchun kechasi emizish sut ko‘payishiga yordam beradi. 4. Emizikli ona imkon qadar ko‘p suyuqlik ichishi kerak (2 litrdan kam bo‘lmasin). Aytishlariga qaraganda, emizishdan yarim soat oldin bir stakan suv ichgan onaning suti ko‘payadi. 5. Ayolning yetarlicha dam olishi, toza havoda ko‘proq bo‘lishi, shuningdek, ruhiy holati ham sut miqdoriga ta’sir qiladi. Go‘dak uchun sut yetarli bo‘lishi onaning ruhiy xotirjamligiga ham bog‘liq. 6. Arpabodiyon damlamasi bu borada mashhur. Bir stakan qaynoq suvga ikki choy qoshiq arpabodiyon urug‘i solinib, bir soat damlab qo‘yiladi. Kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin sovitilgan holda 2 osh qoshiqdan ichiladi. Bunda ham bolaga ta’sirini albatta kuzating. 7. Kichkintoyingizga ko‘proq ko‘krak tutishga harakat qiling. Chunki aynan so‘rg‘ich aylanasidan miyaga bola ko‘krakni so‘rayotgani va unga sut yetkazib berish kerakligi haqida signal boradi. 8. 1 stakan qaynatilgan suvga 1 osh qoshiq shivit urug‘i solib, 2 soat tindiriladi. Kuniga 6 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|