Главная » 2016 » Октябрь » 25 » Rahbarga yoqishning 11 usuli
14:56

Rahbarga yoqishning 11 usuli


Yoqimli odam bo‘ling! Xunuk so‘zlardan, qo‘pol harakatlardan va boshqa xatolardan xalos bo‘ling. Laganbardorga aylanishga hojat yo‘q.

Sizning o‘rningizni hech kim bosolmasin! Eng muhim loyihalar ustida ishlang, sizni boshqalardan ajratib turadigan ishlarni o‘rganing. Qo‘shimcha malaka hech kimga zarar qilmaydi.

Xo‘jayin uchun muhim narsa siz uchun ham muhim. Rahbaringiz uchun muhim hamma narsani o‘zingiz uchun ham muhim deb biling. U bilan ish haqida suhbatlashing, fikrini biling. Biroq ular sizniki bilan bir xil bo‘lishi shart emas.

Uni xabardor qilib turing! Rahbaringizga goh-gohida ko‘rinib, bo‘layotgan ishlardan boxabar eting. Yaxshisi qilingan ishlar haqida muntazam ravishda hisobot taqdim eting. 

Muammoni rahbarga yetkazmay, hal qiling. Bunga erishishning eng yaxshi yo‘li — ish jurnali tutib, hamma ishlaringizni yozib borish. Shundan so‘ng ularga rahbariyat nazari bilan baho berish kerak. 

Xatolaringiz uchun uzr so‘rashga tayyor turing. Hamma adashadi, siz ham istisno emassiz. Agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, uzr so‘rashga tayyor turing.

Hurmat qozoning. Ya’ni, mehnat qiling, ofisdagi g‘iybatlar va bekorchi gap sotishlarga aralmashmang, xolis tanqidni qabul qiling. Agar siz o‘zingizni hurmat qilib, ranjitishlariga yo‘l qo‘ymasangiz, rahbariyat ham xuddi shunday qiladi.

O‘zingizni band ko‘rsatish san’atini egallang. Ba’zan oldinda bo‘lish uchun ozgina ayyorlik ishlatishga ham to‘g‘ri keladi. Aldamang, shunchaki boshliqqa band odamligingizni, doim qandaydir ish bilan shug‘ullanishingizni bildirishingiz kerak.

To‘g‘ri munosabatda bo‘ling. Xo‘jayinga aynan nima kerakligini aniqlang. Unga moslashmang, eshitishni istagan gapini gapirmang. Chaqimchilik qilmang.

Ishni 100% bajaring. Rahbar bilan o‘rtangizdagi munosabat ish sifatiga ta’sir qilmasligiga ahamiyat bering.

Shaxsiy hayotingizga suqilishiga yo‘l qo‘ymang! Ishni uyga olib kelmang, atrofdagi odamlardan ishdagi alamingizni olmang.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: usul, rahbar, Maslaxat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz