12:01 Xurrakdan xalos bo`lishning 9 chorasi... | |
Xurrak organizmda mavjud o`zgarishlardan darak bo`lishi mumkin. Biroq bu haqda xurrak otayotgan kishini ishontirishga urinmang. Chunki mavjud jarayon odamning o`ziga bilinmaydi. Orom olayotganda yon tarafda uxlashga harakat qiling. Tekis holatda uxlaganda nafas olish maromi buziladi. Bu esa xurrak paydo bo`lishiga moyillik yaratadi. Uxlashdan oldin 1 stakan yangi chiqarilgan karam sharbatiga 1 choy qoshiq asal aralashtirib, iching. Bu sabzavot sharbati og`iz bo`shlig`iga ijobiy ta`sir etib, so`lak ajralishini me`yorlashtiradi. Muolajani 10 kun davomida bajarish mumkin. Imkon qadar bahavo xonada uxlang. Dim va havo namligi me`yorida bo`lmasa, nafas olish bilan bog`liq muammolar yuzaga keladi. Yotoqxonani xona gullari bilan bezating. O`simliklar havoni tozalash xususiyatiga ega bo`lib, uyqu holatiga ham ijobiy ta`sir etadi. 2-3 tomchi zaytun yog`ini burunga tomizib uxlash ham xurrak otishning oldini oladi. Ayniqsa, burni bitib qoladiganlar uchun bu ayni muddao. Kechqurun to`yib ovqatlanmang. Oshqozon to`lib tursa, diafragma qiyshayishi mumkin. Bu esa nafas olish me`yoriga ta`sir etadi. Uyqu oldidan ko`p suyuqlik ichmang. Birinchidan, ortiqcha suyuqlik behalovat qilsa, ikkinchidan, organizm uyqu holatiga moslasha olmaydi. Ma`lumotlarga ko`ra, spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari ham xurrakni yuzaga keltirishi mumkin.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|