13:25 Ruldagi xonimlar uchun 9 qoida | |
1. Mashinaning holati qoniqarli ekanligiga ishonch hosil qiling. Rulga o‘tirishdan oldin mashinangizni ko‘zdan kechirib chiqish uchun 2 daqiqagina vaqt ajratsangiz, yo‘lda uzoq vaqt sizni ushlab qolishi mumkin bo‘lgan muammoning oldini olasiz. Yoqilg‘i yetarlimi, avtomobilingiz muammosiz o‘t olayaptimi, hech qanday shovqin eshitilmayaptimi, oxirgi marta qachon moy va suvini almashtirgansiz, g‘ildiraklar hamda qo‘shimcha g‘ildirak joyida turibdimi, qaerda yoqilg‘i quyib olishingiz mumkin? Bularni nazardan qochirmang. Marshrutni rejalashtiring. Agar noaniq manzil bo‘yicha harakatlanishingiz mumkin bo‘lsa, yo‘lga chiqishdan avval tajribali haydovchilardan so‘rab-surishtiring. Salondagi shinamlik va qulaylikni tekshiring. Ayniqsa, haydovchi kreslosi o‘zingizga moslashtirilgan bo‘lishi shart. Sizni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan narsalarni ko‘zdan nari qiling. Telefonni ovozsiz holatga o‘tkazing. Vaqtliroq yo‘lga chiqing. Boradigan joyingizga ketadigan vaqtni mo‘ljallab, avvalroq yo‘lga chiqsangiz, xotirjam va ishonchli harakat qilasiz. Kech qolayotgan haydovchi asabiylashib, tavakkal qarorlar qabul qiladi, betartib tezlik esa hech qachon yaxshilikka olib kelmagan. Uzoqroq yuring. Noto‘g‘ri harakatlanayotgan, u yo‘lakdan bunisiga tartibsiz o‘tayotgan yengil avtomobillardan (mashinaning texnik holati nosoz bo‘lishi yoki haydovchi hushyor bo‘lmasligi mumkin). Avtobus, yuk mashinalar bilan oraliqda 20-30 metr masofa saqlab yuring. Ba’zan katta g‘ildiraklar orasida tosh otilib qolishi mumkin. Mashinada kiyish uchun past poshnali maxsus poyabzaldan foydalaning. Zinhor yechgan tuflingizni oyog‘ingiz tagida qoldirib mashina haydamang. Pedallarga nimadir xalaqit qilishi katta muammoga sabab bo‘lishi mumkin. Mashinaning oynasi pardoz oynasi emasligini yodda tuting.Harakatlanayotgan chog‘da labga bo‘yoq, yuzga upa surtishdan voz keching. Bolalaringizni qat’iy ogohlantiring: siz rulda bo‘lgan vaqtingizda ular sizni chalg‘itishmasin. Turli savollar uchun hech bo‘lmasa svetovorning qizil chirog‘i yonib, to‘xtash paytini kutish kerakligini uqtiring. Yo‘ldagi tarbiyasiz haydovchilarga umuman e’tibor bermang.Mashina boshqaruvingiz ustidan kulayotgan bo‘lishsa, o‘zingizni xotirjam tuting. Unutmang, ayollar orasida ham, erkaklar orasida ham yomon haydovchilar topiladi.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|