15:19 O‘FA vitse-prezidentiga qimmatbaho mashina sovg‘a qilindi | |
Kecha, 25 noyabr kuni taniqli o‘zbek futbolchisi Odil Ahmedov 35 yoshni qarshi oldi. Hozirgi vaqtda O‘FA vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borayotgan Ahmedovning tavallud kuniga “Mercedes Gelenvagen” avtomobili sovg‘a qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq futbolchiga 300 ming dollarlik mashina do‘sti tomonidan sovg‘a qilingan deyilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, Odil Ahmedov 1987 yilda Namanganda tug‘ilgan. U 2007 yildan 2021 yilgacha O‘zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan. Terma jamoa safida umumiy 108 ta bahsda maydonga tushib, 21 ta gol urgan. Futbolchilik faoliyati davomida Ahmedov Toshkentning “Paxtakor”, Rossiyaning “Anji”, “Krasnodar” va Xitoyning “Shanxay SIPG”, “Tyanszin” klublarida to‘p tepgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining sobiq sardori 2021 yilning 18 dekabrida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|