19:05 Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla | |
Biologiya fanlari doktori Vladimir Doroxovning aytishicha, kunduzgi uyqu uchun 20 daqiqa ham yetarli. Faqat to‘g‘ri vaqtni topsangiz bas. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda. Agarda uyqu 20 daqiqadan oshib ketsa, u chuqurlashib ketadi. To‘liq chiqib ketish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Buning nomi «uyqu inersiyasi», — dedi mutaxassis. Chuqur uyqudan chiqib ketish 20—40 daqiqa talab qiladi, ishxona sharoitida bu juda noqulaylik tug‘diradi. Biroq, agarda kunduzgi ish kuningiz qattiq tartibli bo‘lmasa, bir soatlik uyqu ayni muddao — kechgacha tetik yurasiz, deydi Doroxov. Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla — soat 13 dan 15 gacha bo‘lgan vaqt. «Organizmimizning o‘zi shu paytda (soat 13—15 oralig‘i) tabiiy ravishda uyquga moyillik sezadi. Soat 17 dan keyin uxlash esa yaramaydi — tungi uyqudan mahrum bo‘lasiz», — ogohlantirdi mutaxassis.
Manba: "xabar.uz"
| |
|