Главная » 2018 » Май » 27 » O‘tirib ishlash zararini qanday kamaytirish mumkin?
08:43

O‘tirib ishlash zararini qanday kamaytirish mumkin?


Odatda aksar maslahatlar kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish atrofida aylanadi. Biroq aslida biz qanday va nimada o‘tirib ishlashimiz unchalik ham muhim emas.

Kompyuter yonida davomli o‘tirish tufayli kelib chiqadigan asosiy muammolardan biri — bu gipodinamiya emas, balki egilib o‘tirishdir.

Nima uchun biz egilamiz?

Ma’lum bo‘lishicha, gorizontal o‘tirg‘ichli har qanday stul tananing fiziologik holatini egallashga xalaqit beradi. Stulning gorizontal ustidagi son uzunligi sababli tosda aylanish lahzasi paydo bo‘ladi. Tos orqaga uringani sababli umurtqa aylana shakliga kela boshlaydi va biz egilamiz. Bu qonunan to‘g‘ri bo‘lib, bunda biz emas, aksincha stullar aybdor.

Umurtqaning egilishi oqibatida umurtqa oralig‘idagi disklarga tushuvchi yuklama 10–11 martaga ortadi. Oqibatda osteoxondroz, protruziya va bel churrasi paydo bo‘ladi.

Fiziologik o‘tirish

1970 yillarda Yevropalik shifokorlar nima uchun bolalar stulda o‘tirganda old va orqa tomon qimirlab o‘tirishini tekshirib ko‘rishgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tirganda ularning tosi va umurtqasi tabiiy holatni egallaydi. O‘shanda orqagi tisariluvchi suyanchiqli stullar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘tiruvchi undan sirpanib ketmasligi uchun konstruksiyasi tizzada tayanish moslamasi bilan to‘ldirildi. U kneeling chair – tizza stuli deb ataldi. Bunday stullarni yana ortopedik ham deyishadi. Ular o‘tirib ishlash tufayli belida og‘riq paydo bo‘lganlar uchun tengsizdir.

Fiziologik stullarning ikkinchi turi bu saddle chair – egar stuldir. Unda o‘tirgan kishi o‘zini otda o‘tirgandek his qiladi. Bu holatda inson tik turganga yaqin bo‘ladi. Biroq kun bo‘yicha tik turib ishlashdan ko‘ra, egar stuldi ishlash ancha qulaydir.

Har qanday fiziologik stulning farqi shundaki u tana va son oralig‘ida berk burchakni hosil qiladi.

Bel qismi anatomik jihatdan bukilishlarni saqlagan holda to‘g‘ri holatni egallaydi. Natijada nafaqat bel sohasi, balki undan yuqorida joylashgan umurtqa pog‘onalari, ko‘krak faqasi va yelkalar ham o‘zini yengil his qiladi.

Albatta, hech bir stul salomatlikni kafolatlay olmaydi. Ammo, natijaga erishish uchun inson hayotiga faqat foydali mashg‘ulotlarni qo‘shishi kerak. Masalan, jismoniy yuklamalar bilan shug‘ullanish barobarida zararli buyumlardan voz kechish kerak bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: o‘tirib ishlash, zarar, qanday, kamaytirish mumkin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz