Главная » 2020 » Декабрь » 17 » Vaksinatsiya: keng tarqalgan xato fikrlar
19:35

Vaksinatsiya: keng tarqalgan xato fikrlar


Dunyoda qizamiq epidemiyasi tarqalgach emlashga qarshi gaplar ancha tinchib qoldi. Biroq vaksinatsiya haqida xato fikrlar hali ham ko‘p.

1-xato. Bolaga qonunda belgilangan vaksinatsiya kifoya.

Aslida. Aksariyat zarur emlashlar Milliy taqvimga kiritilgan. Biroq garchi juda zarurligiga qaramay, poliklinikada bepul tarqatilmaydiganlari ham bor. Yaxshisi, ularni pulga bo‘lsa-da olgan ma’qul.

Go‘daklarni rotavirus infeksiyasiga qarshi emlatish tavsiya etiladi (birinchi doza umrining dastlabki 3 oyigacha qilinishi kerak).

Maktab yoshiga yetmagan bolalarni bog‘cha yoki maktabga borishdan oldin gepatit A (sariq kasali), suvchechak, meningokokk infeksiyasi, B tipidagi gemofil infeksiyasiga emlatishga ulgurib qolish zarur.

10 – 14 yoshdagi o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar)ni jinsiy hayot boshlanguniga qadar OPV (odam papilloma virusi)ga qarshi emlatish darkor. Bu emdori bachadon bo‘yni saratoni va bir qator onkologik kasalliklar (og‘iz, halqum, anal kanali)dan himoyalaydi.

Yoshidan qat’i nazar har yili grippga qarshi emlangan ma’qul.

Bu vaksinalarning baridan (rotavirus va gemofildan tashqari) kattaroq yoshda ham foydalanish mumkin.

2-xato. Surunkali xastaliklardan qiynalayotgan va tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarni emlatish mumkin emas.

Aslida. Bunday bemorlarga emdori hatto sog‘lom tengdoshlaridan ko‘ra ko‘proq zarur. Chunki emlash orqali bartaraf etiladigan infeksiyalar ularda og‘irroq kechishi hech gap emas (masalan, gripp – astma yoki diabetdan, ko‘kyo‘tal – tutqanoq yoki vaqtidan oldin tug‘ilgan, pnevmokokk infeksiyasi – onkologik kasalliklar va immun tanqisligidan qiynalayotgan bolalar uchun nihoyatda xatarli). Biroq immunizatsiya uchun preparatni to‘g‘ri tanlash muhim. Quyidagilar qat’iyan man etiladi:

immun tanqisligidan qiynalayotgan bolalar va kattalarning tirik vaksinalar bilan emlanishi (oral poliomiyelit, qizamiq, parotit, qizilcha va suvchechakka qarshi vaksina);

oldin haddan tashqari kuchli reaksiya bergan vaksinani qayta yuborish (harorat 40 darajadan yuqori, mahalliy shish diametri 8 sm.dan oshganda yoki anafilaktik shok, Kvinke shishi, eshak yemi kabi og‘ir allergik ta’sirlanish kuzatilganda). Bunda boshqa vaksinalarga qarshi ko‘rsatma mavjud emas.

3-xato. Faqat klinikalarda emlanish mumkin va undan oldin tahlil topshirish kerak.

Aslida. Maxsus joylarda grippga qarshi vaksinatsiya tajribasi xavfsizlik va samaradorlikni ko‘rsatadi. Bu nihoyatda muhim, negaki vaksina tarkibi aylanib yurgan gripp shtammlariga to‘g‘ri keldi.

Tahlil natijalari vaksinatsiyaga tayyormi yoki yo‘qligini umuman bildirmaydi. Shu bois ataylab tahlil topshirish shart emas. Faqat bolaning mavjud surunkali kasalliklari bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishga alohida ko‘rsatma bo‘lishi bundan mustasno.

4-xato. Emlashdan so‘ng yuvinish, sport bilan shug‘ullanish, suzish, oftobda qorayish mumkin emas.

Aslida. Tirik vaksina (qizamiq, qizilcha, parotit, suvchechakka qarshi) bilan emlangach faqat ukol qilingan joyni mochalka bilan ishqalash yoki uni bug‘lantirish taqiqlanadi. Va bu qoida faqatgina vaksinatsiyadan so‘ng dastlabki soatlarga taalluqli. Agar emlangan odam o‘zini yaxshi his qilsa, qolganlari taqiqlanmaydi.

5-xato. Bolani faqat import vaksinalar bilan emlatish zarur. Ular ancha xavfsizroq.

Aslida. Preparatlar tuzilmasiga ko‘ra, import vaksinalar o‘rtasida chindan ham farq bor. Masalan, xorijiy ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘kyo‘tal vaksinasi ko‘p tarkibli bo‘lishi mumkin: bu emlashni osonlashtiradi (uch-to‘rtta emas, bitta ukol kifoya qiladi), shuningdek, ularda ko‘kyo‘tal tarkibi yengil kechadi (kamdan-kam hollarda aks ta’sir beradi).

6-xato. Bir martada bittadan ortiq emlanish mumkin emas. Aks holda immun tizimi zo‘riqib, xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Aslida. Qo‘shma vaksinalar (bitta ukol – bir nechta emdori) zararsiz bo‘lish bilan birga monovaksinalardan ko‘ra xavfsizroq hamdir. Negaki in’yeksiyalar va poliklinikaga murojaat qilishlar sonini kamaytiradi. Bundan tashqari, kompleks vaksinalar tarkibida har doim ham monovaksinalarga qaraganda ko‘p antigenlar bo‘lmaydi. Misol uchun: sil vaksinasi tarkibida qolgan immun preparatlarga qaraganda o‘n baravar ko‘p antigenlar mavjud.

Deyarli har qanday emdorini bir paytda tananing turli joylariga yuborish mumkin. Vaksinatsiya kursi uchun necha martalab qatnagandan ko‘ra bir nechta in’yeksiyani birato‘la olgan ma’qul. Immun tizimi xohlagan miqdordagi antigenlarni bir paytning o‘zida tanib olish qobiliyatiga ega. Negaki u doimo bizni o‘rab turgan bakteriyalar, viruslar, antigenlar bilan to‘qnashadi. Odatda bir kunda rejali tartibda 4 in’yeksiyani olish mumkin. Shuningdek, in’yeksiyalarni tomchi dori ko‘rinishidagi oral vaksinalar bilan birga qo‘llasa ham bo‘ladi (tirik poliomiyelit yoki rotavirus vaksina).

7-xato. O‘RVI bilan og‘riyotgan bolani (alomatlari yuzaga chiqmagani uchun bilmagan holda) emlatib qo‘yib, qo‘rqinchli asoratlarni orttirib olish hech gap emas.

Aslida. Ko‘p sonli tadqiqot natijalariga ko‘ra, vaksinatsiya ham sog‘lom, ham xasta odamlar uchun bir xil darajada samarali va xavfsiz. Emdori O‘RVIning kechishiga, O‘RVI esa vaksinadan keyin immunitet shakllanishiga xalaqit qilolmaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Xato, fikrlar, vaksinatsiya, keng tarqalgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz