Главная » 2021 » Апрель » 16 » Bayden Putinning familiyasini xato aytib yubordi
10:59

Bayden Putinning familiyasini xato aytib yubordi


AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya xaqidagi nutqida ikki marotaba xato qildi: eskalatsiya va vaksinatsiya so‘zlarini adashtirib yubordi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning familiyasini noto‘g‘ri talaffuz qildi. Bu xaqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Amerika raxbari dastlab, “AQSH Rossiya bilan vaksi... eskalatsiya va mojaro davrini boshlamoqchi emas”, degan.

Bayden nutqini davom ettirarkan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning familiyasini “Prezident Klutin” noto‘g‘ri talaffuz qildi. Ammo o‘z xatosini darxol to‘g‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden koronavirusga qarshi emlash xaqida nutq so‘zlayotgan payt vitse-prezident Kamola Xarrisni “Prezident”, deb yuborgandi.

Ma’lumot uchun, hozirda AQSH va Rossiya o‘rtasida dahanaki janjal davom etmoqda.

Kecha, 15 aprel kuni AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Shunday qilib, 2021 yilning 14 iyunidan boshlab Amerika moliya institutlariga Rossiya Markaziy banki va Moliya vazirligi, shuningdek, Milliy farovonlik fondidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzdorlik qimmatli qog‘ozlarni sotib olish taqiqlandi. 

Vashington, shuningdek, “Rossiya razvedka xizmatlarining kiber dasturini qo‘llab-quvvatlovchi” mamlakatning oltita texnologik kompaniyasiga cheklovlar kiritdi.

Bundan tashqari, AQSH prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bilan aloqador, deb taxmin qilingan 16 ta tashkilot va 16 nafar shaxsga qarshi sanksiyalar joriy qilingan. 

Ularning orasida, allaqachon, AQSHning “qora ro‘yxat”iga tushib ulgurgan, Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Gromov va “Putinning oshpazi” laqabi bilan mashhur bo‘lgan tadbirkor Yevgeniy Prigojinning kompaniyasi bor.

Shuningdek, Kerchen ko‘prigi (Rossiya bilan Qrim yarimorolini bog‘lab turuvchi ko‘prik – tahr.) qurilishining ishtirokchilari bo‘lgan uchta tashkilot va besh nafar rossiyalikka nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan.

Rossiya AQSH sanksiyalariga muqarrar javob berishni va’da qildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Xato, familiyasini, Putinning, Bayden | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz