18:08 Bayden AQShning Xitoy bilan munosabatlarini “raqobat” deb atadi | |
“U bilan (Si Szinpin — tahr.) virtual formatda o‘tkaziladigan kelajakdagi muzokaralarda, hozircha aniq vaqti ma’lum emas, tushunmovchilik bo‘lmasligini xohlayman: bu raqobat, ziddiyat emas”, — deydi Bayden matbuot anjumanida. U Si Szinpin bilan uzoq vaqt, jumladan, AQSh vitse-prezidenti lavozimida o‘tirganida ham muloqot qilganini ta’kidlagan.Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Si Szinpinga Vashington Pekin “qoidalar bo‘yicha o‘ynashi”ni istayotganini ma’lum qilgan. Ushbu kontekstda Bayden havo va dengiz makonidagi xatti-harakatlar normalari, kibermakon xavfsizligi ustida ishlash zarurligini tilga olgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|