21:08 AQSh Rossiya bilan Xitoyga qarshi «arvohlar qo‘shini»ni ishga solmoqchi | |
Amerika qurolli kuchlari Rossiya va Xitoy bilan uchuvchisiz uchar mashinalar sohasida texnologik poygaga kirishgan, deb yozadi Popular Mechanics nashri. Muallif Kayl Mizokamining ta’kidlashicha, AQSh armiyasi hozirda uch turdagi avtomatik jangovar bo‘linmalar ustida ishlamoqda. Ular hajmi, texnik jihozlari va bajariladigan vazifalariga ko‘ra farq qiladi. Uning fikricha, bu yo‘nalish, ayniqsa, muhim, chunki shunga o‘xshash uchuvchisiz mashinalar Rossiya va Xitoyda ham ishlab chiqarilmoqda. Mizokami qo‘shinlarni kerakli miqdordagi jangovar robotlar bilan birinchi bo‘lib ta’minlagan mamlakat muhim ustunlikka ega bo‘lishini ta’kidlaydi. Maqolada, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushi paytida general Pattonning «arvohlar qo‘shini» bilan yangi ishlanmalarni solishtirgan general-mayor Ross Koffmanning so‘zlari keltirilgan.
«Arvohlar qo‘shini» — Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerika qo‘shinlarining bo‘linmasi. Uning asosiy maqsadi boshqa ittifoqchi armiya sifatida niqoblanib, dushmanni chalg‘itish bo‘lgan. Askarlar soxta tanklar, yuk mashinalari va soxta radio eshittirishlardan foydalanishgan. Bu haqdagi ma’lumotlar nihoyatda sir saqlangan. Hukumat buni 1996-yilga kelibgina e’lon qildi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|