21:48 Amerika, Rossiya, Xitoy — kim birinchi bo‘lib Oyda o‘z bazasini yaratadi? | |
Ayni paytda uchta Oy dasturi bor: Amerika, Rossiya, Xitoy. Shu mamlakatlar orasida birinchi bo‘lib Oyda o‘z bazasini yarata olgani fazoviy poygalar yetakchisiga aylanishi haqida «Naked Space» telegram-kanali yozmoqda. AQSh (NASA) 2019-yilning may oyida insonni Oyga qaytarish dasturini (Artemis) ochiqladi. Unga ko‘ra, 2024-yilda Oyga parvoz qilinib, inson ikkinchi marotaba Yerning tabiiy yo‘ldoshiga qadam qo‘yishi rejalashtirilgan. Rossiya dasturi 2028-2029-yillarda Oyga uchuvchisiz parvozlarni mo‘ljallayapti, 2030-yilda esa ilk rus kosmonavtini Oyga yuborish ko‘zda tutilgan. Xitoy Oyning janubiy qutbida 2023-2024-yillarda robotlashgan ilmiy stansiya qurishni, keyinroq, 2028-yilda fazogirlarni jo‘natishni rejalashtirgan. Hozircha bu mamlakatlardan birontasi o‘z dasturini intihosiga yetkazgani yo‘q, demak, poyga davom etadi. Xalqaro qonunchilik mamlakatlarning Oyni bo‘lib olishini taqiqlaydi, aftidan, Oy mustamlakachilari zaxiralar uchun Yerda boshlangan kurashni Oyda davom ettirishadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|