14:55 Bayden va’dasini bajardi: 11 sentyabr teraktlari siri fosh qilinadi | |
AQSH Prezidenti Jo Bayden Adliya vazirligiga 2001 yil 11 sentyabrdagi terakt bo‘yicha surishtiruvlarga doir maxfiy ma’lumotlarni ochiqlashni buyurdi.
Prezidentning buyrug‘i bilan Bosh prokuror Merrik Garlandga maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlarni kelgusi olti oy e’lon qilish vazifasi topshirildi. Oq uy rahbari AQSH Prezidenti lavozimini egallaganda 2001 yil sentyabr oyida mamlakatda sodir etilgan teraktlar to‘g‘risidagi hujjatlarning bir qismini maxfiylikdan chiqarishga va’da berganini eslagan.
Avvalroq, 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktda halok bo‘lganlarning yaqinlari Baydendan va’dasini bajarmaguncha, qurbonlarni xotirlash marosimida qatnashmaslikni talab qilgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|