09:51 Bayden qaysi davlat armiyasi dunyoda eng kuchli ekanini aytdi | |
AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika fuqarolari Rossiya va Xitoy AQShdan ko‘ra qudratli harbiy kuchlarga ega bo‘lishidan xavotirlanmasligi kerakligi ta’kidladi. «Xitoy, Rossiya va butun dunyo biladi, bizda jahon tarixidagi eng qudratli armiya bor. Xavotir olmanglar, bu texnikalarni yanada kuchaytiramiz, — dedi Bayden CNN telekanali orqali aholiga qilgan murojaatida. «Lekin, albatta, ular jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadigan holatga tushib qoladimi, deb tashvishlanishingiz kerak», — deydi AQSh prezidenti. Shuningdek, Bayden Xitoy bilan sovuq urushni xohlamasligini ta’kidladi. «Men Si Szinpin bilan boshqa mamlakat rahbarlaridan ko‘ra ko‘proq gaplashdim va ko‘p vaqt o‘tkazdim. Shuning uchun siz Bayden Xitoy bilan yangi sovuq urush boshlamoqchi, degan gaplarni eshitasiz. Men Xitoy bilan sovuq urushni xohlamayman. Men Xitoyni biz orqaga chekinmasligimizni va o‘z nuqtai nazarimizni o‘zgartirmasligimizni tushunishini istayman»,— deya qo‘shimcha qilgan u. Shu bilan u, agar Tayvanga Xitoy hujum qilsa, Qo‘shma Shtatlar Tayvanni himoya qilishga qat’iy qaror qilganini aytib o‘tgan. «Ha, biz bu ishni qilishga majburmiz»,— dedi Bayden.
Manba: "xabar.uz"
| |
|