11:44 Toshkentda kuchli magnit boʻroni kuzatiladi | |
Quyoshda M toifali kuchli chaqnashlar qayd etildi. Undan otilib chiqqan plazma oqimi bugun, 29-avgust kuni Yerga yetib keladi va geomagnit boʻronlariga sabab boʻladi. 5 balli, G3 darajali magnit boʻronlari ertaga, 30-avgust sanasida ham davom etadi. Bu vaqtda taʼsirchan odamlarda bosh ogʻriqlari, charchoq, holsizlik, uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Magnit boʻronlari vaqtida yosh bolalar va keksa yoshdagi insonlar, shuningdek bemorlarga ogʻir jismoniy harakatlardan voz kechish, stressli vaziyatlardan uzoqroq boʻlish tavsiya etiladi. Bu kunlarda koʻproq suv ichib, toza havoda sayr qilish geomagnit boʻronlari taʼsirining oldini olishga yordam beradi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|