11:41 Bayden “Twitter” Mask boshqaruviga o‘tganini keskin baholadi | |
Bayden Ilon Mask tomonidan “Twitter”ni sotib olinishiga keskin munosabat bildirdi. AQSH rezidenti Jo Bayden amerikalik milliarder Ilon Maskning “Twitter”ni sotib olishidan xavotirda bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. “Endi hammamizni tashvishlantirayotgan narsa: Ilon Mask o‘zini ko‘rsatib, butun dunyo bo‘ylab yolg‘on tarqatadigan tizimni sotib oldi”, – deydi Amerika yetakchisi. Joriy yilning 2 noyabr kuni Ilon Mask mikrobloglar xizmatini dunyodagi eng aniq ma’lumot manbayiga aylantirish niyatida ekanini aytib o‘tgan edi. Avvalroq, tadbirkor “Twitter”ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik bitim nihoyat yopilganini ma’lum qilgan edi. Dunyoning eng boy odami hisoblangan Mask qattiq syenzura uchun tanqid qilingan ijtimoiy tarmoqning tahririyat siyosatini liberallashtirish va kontent moderatorlik kengashini tuzish va kengash ishlamaguncha tahririyat siyosati hamda bloklangan akkauntlarni tiklash bo‘yicha global qarorlar qabul qilmaslikka va’da bergan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|