O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov vazifasidan ozod etildi. Bu haqda “Qalampir.uz” manbasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Aripov 9 aprel, o‘tgan haftaning dushanba kuni lavozimdan ozod etilgan. Uning qaysi lavozimga o‘tkazilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Komiljon Aripov Favqulodda vaziyatlar vazirligida 5 yil faoliyat yuritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lib ishlagan Rustam Jo‘raevning joriy yil fevral oyida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanishi ortidan FVV rahbarsiz qolgandi. Va bugungacha Jo‘raev o‘rnini egallaydigan tayinli nomzod chiqqani yo‘q.
Ayni damda Komiljon Aripovdan bo‘sh qolgan o‘ringa ham ega topilmagan.
Hozirda vazirlik boshqaruvi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha vazir o‘rinbosari Sohib Ubaydullaevich Qudratov hamda Moddiy - texnik ta’minot va moliya iqtisod bo‘yicha vazir o‘rinbosari Azizbek Rahimovich Latifjonovga qolgan.